O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Silk Road Marathon” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o’tkaziladi.
Ommaviy yugurish musobaqasi joriy yilning, 1-2-noyabr kunlari Xiva, 22-23-noyabr kunlari Andijon, 2026-yil 25-26-aprel kunlari Buxoro hamda 2026-yil 9-10-may kunlari Shahrisabz shaharlarida bo’lib o’tadi.
 
								 
								 
								 
 
							 
							 
							