You are currently viewing TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETIOBODONLASHTIRISH ISHLARI UCHUNTANLOV E’LON QILADI

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETIOBODONLASHTIRISH ISHLARI UCHUNTANLOV E’LON QILADI

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, universitet hududida joylashgan yashil maydonlarni obodonlashtirish, parvarish qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi. Tanlov gazon, daraxt va butalarni muntazam parvarish qilish hamda ularni zarur ozuqa va o‘g‘itlar bilan taʼminlash xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Universitet hududining tafsilotlari:
yashil maydon (gazon) – 27 000 kv.m;
ignabargli daraxtlar – 448 dona;
bargli daraxtlar – 495 dona;
mevali daraxtlar – 70 dona;
butalar – 108 dona, indiyskiy siren -16 dona, shar shaklidagi buksus – 80 dona, magnoliya – 12 dona;
Dojdevatellar (sug‘orish tizimi elementlari) R5 – 1 963 dona.
Obodonlashtirish tashkiloti gazon va daraxtlarni sug‘orish, kesish, shakllantirish, mavsumiy parvarishlash, organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, tuproqni yaxshilash, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi profilaktik hamda davolovchi tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yashil hududlarning sanitariya va estetik holatini doimiy ravishda taʼminlash ishlarini o‘z zimmasiga oladi.
Tenderda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi;
korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi;
shu sohada kamida 1 – yildan buyon faoliyat yuritishi;
insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzlar mavjud emasligi.
Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan talabgorlar o‘z takliflarini elektron ko‘rinishda universitetning info@polito.uz elektron pochtasi orqali yoki Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li, 17 – uy manzil bo‘yicha qog‘oz ko‘rinishida topshirishi mumkun.
Tanlovda ishtirok etish borasida vujudga keladigan savollar yuzasidan talabgorlar + 99898 809 02 11 telefon raqami orqali Eshmuratov Ilxom Amanturdiyevichga murojaat qilish mumkin.