You are currently viewing TPU talabalari TEKNOFEST musobaqasida TOP-20 talikdan joy oldi!

TPU talabalari TEKNOFEST musobaqasida TOP-20 talikdan joy oldi!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ishtirokidagi “Maktech Innovations” jamoasi dunyodagi eng yirik xalqaro texnologik festival — TEKNOFEST musobaqasining final bosqichida munosib ishtirok etdi.

USV – Unmanned Surface Vehicle” yo‘nalishida 450 dan ortiq jamoa ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra, TTPU jamoasi TOP-20 talikdan o‘rin egalladi.

Ma’lumot uchun: TEKNOFEST — bu butun dunyo bo‘ylab iqtidorli yoshlarni birlashtiradigan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or loyihalarni taqdim etish imkonini beruvchi nufuzli platforma hisoblanadi.

Talabamizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!