You are currently viewing TTPU bitiruvchilari diqqatiga!

TTPU bitiruvchilari diqqatiga!

Kelajakka qadam tashlashga tayyormisiz? Agar sizning tadbirkorlikka qiziqishingiz yoki biznes g’oyangiz bo’lsa, “Kelajakka qadam” markazi sizga imkoniyatlar eshigini ochadi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur markaz Universitet bitiruvchilariga:
🔺 Kasbiy rivojlanish va amaliy tajriba orttirish;
🔺 Ish topishda ko‘maklashish;
🔺 Tadbirkorlikni boshlashda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taqdim etadi.

⭐️Agar sizda tadbirkorlik g’oyalari bo’lsa yoki startap boshlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, aynan sizni qidiryapmiz!

Bizning so’rovnomamizda ishtirok eting va quyidagilarni qo‘lga kiriting:
✅ Tadbirkorlik treninglari va master-klasslar;
✅ Startaplar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
✅ Tajribali tadbirkorlar bilan tarmoq yaratish;
✅ O‘z biznesingizni boshlashda ko‘mak!

🔗So’rovnomani to’ldirish uchun havola: havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe5gvseP0EC45EkD0lMPQLfeUXGV7SnwwN0LMFkqfdv7qzkjA/viewform?usp=dialog)

❓Batafsil ma’lumot uchun Kelajakka qadam markazi mutaxassisiga (A bino, 1 etaj, 106-xona) murojaat qilishingiz mumkin.