

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maksudjon Usmonov hozirda AQSHning Arizona State University (ASU) oliygohida Faculty Enrichment Program (FEP) doirasida o‘z malakasini oshirmoqda. Ushbu xalqaro dastur pedagogik va ilmiy salohiyatni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Dastur davomida Maksudjon Usmonov ASUdagi ilg‘or dars jarayonlarini kuzatmoqda, zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, Melikian markazi tadqiqotchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda hamda ichki o‘rnatilgan tizimlar (embedded systems) yo‘nalishida tadqiqot loyihasi ustida ishlamoqda.
O‘zbekiston hamda AQSH o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu Faculty Enrichment Program dasturi AQSH Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.