Toshkent shahridagi Turin politexnika univerisiteti iqtidorli talabalari “TEKNOFEST 2025” – aerokosmik va texnologiyalar festivali festivali doirasida sun’iy yo‘ldoshlar yo‘nalishida 104 jamoa ichida finalgacha chiqib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.


Talabalarimiz ishlab chiqqan kichik sun’iy yo‘ldosh yer sathidan 35,530 metr balandlikka ko‘tarilib, 2,5 soat davomida 186,735 ta ma’lumotni yer stansiyasi bilan almashdi! Bu esa yoshlarimizning chuqur bilim, amaliy ko‘nikma va ulkan salohiyatga egaligidan dalolat beradi.
Yoshlarimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!