





2025-yil 14-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.To’ychiyev, Gruziyaning “Infinity Ventures Holding” kompaniyasi asoschisi Levan Kirimlishvili hamda kompaniyaning bosh operatsion direktori Merriam Vakhvakhishvili o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar bitiruvchi talabalar uchun amaliyot tashkil etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek sanoat bilan integratsiyalashgan ta’lim jarayonini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif yakunida TTPU va “Infinity Ventures Holding” o‘rtasida bitiruvchi talabalar malakasini oshirish hamda amaliyot orqali tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.