








2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligiga ixtisoslashgan “Future Builders Contest” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning dastlabki uch kunida talabalar jamoalarga bo‘linib, kichik tayoqchalardan foydalangan holda ko‘priklar va minoralar loyihalarini ishlab chiqish ishlarini amalga oshirishmoqda.
Bu — nafaqat muhandislik bilimlarini, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish maydonidir!
Har bir jamoa o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirayotgani — TTPUda bilim va amaliyot uyg‘unligining yaqqol isbotidir!