2025-yil noyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida seysmik xavfsizlik yo‘nalishiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy stajirovka bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu stajirovkada Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi o‘qituvchilari Anvarov S. va Yergasheva N. faol ishtirok etmoqda.









Dastur doirasida ishtirokchilar Istanbul Texnika Universiteti, Istanbul Aydin Universiteti, Kandilli ilmiy-tadqiqot markazi va Beylikduzu favqulodda vaziyatlar ta’lim markazida Turkiyadagi seysmik xavfsizlik amaliyoti, muhandislik yechimlari va zilzilabardoshlik tizimlari bilan tanishishmoqda. Shuningdek, Istanbul Proje Koordinasyon Birimi, Kartal Dr. Lütfi Kırdar kasalxonasi, Gürlek Nakipoğlu litseyi va Yeditepe Universiteti kabi muassasalarda tashrif buyurib, zamonaviy laboratoriyalar va inshootlardagi seysmik himoya tizimlarini o‘rganmoqdalar.
Mazkur stajirovka xalqaro tajriba almashish hamda zamonaviy qurilish me’yorlari va muhandislik yondashuvlarini o‘zlashtirish orqali mamlakatimizda seysmik xavfsizlik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.