Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tyutorlik faoliyati talabalarning o‘qish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish, ularga individual yondashuv asosida metodik, akademik va tashkiliy yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi.
Tyutorlar — bu talabalar bilan bevosita ishlovchi, ularning o‘qish samaradorligi, davomati va moslashuv jarayonini nazorat qiluvchi hamda akademik masalalarda yo‘naltiruvchi mas’ul shaxslar.
Tyutorlik xizmatining asosiy vazifalari
🔹 Talabalarni o‘quv jarayoni bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash
🔹 reyting, fanlar, guruh jadvali va o‘qituvchilar haqida zarur ma’lumot berish
🔹 Akademik qarzdorlik, oraliq nazorat, yakuniy nazorat bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish
🔹 Talabalarning davomati, intizomi va muammolarini monitoring qilish
🔹 O‘quv masalalari yuzasidan fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash
🔹 Talabaga psixologik, metodik va motivatsion ko‘mak ko‘rsatish
Qaysi holatlarda tyutorga murojaat qilish mumkin?
Talaba yoki uning ota-onasi quyidagi holatlarda tyutor bilan bog‘lanishi mumkin:
🔸 Akademik masalalar: fanlar, kreditlar, reyting, o‘qish grafigi
🔸 Akademik qarzdorlikni yopish tartibi
🔸 Davomat bilan bog‘liq muammolar
🔸 O‘qituvchi bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik
🔸 O‘quv jarayonidagi qiyinchiliklar yoki moslashuv muammolari
🔸 Shaxsiy rivojlanish: vaqtni boshqarish, o‘qish strategiyalari, motivatsiya
🔸 Ota-onalar uchun: farzandining o‘quv jarayoni haqida ma’lumot olish
Tyutorlarga online murojaat:
– Tyutorning shaxsiy email manzili
– Universitetning call-markazi orqali
– Maxsus telegram BOT orqali: @ttpu_tyutormurojaat_bot
Tyutorlar bilan offline bog’lanish uchun universitet o’quv binosining 108-xonasiga tashrif buyuring