Hurmatli abituriyentlar,
2021-2022 oʻquv yili uchun
KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!
Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!
Boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar toʻrtta toifaga boʻlingan:
BIRINCHI TOIFA:
40.00 va undan yuqori ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri First Level (ikkinchi kurs) ga qabul qilinadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil oktabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.
* Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda Preparatory Year (birinchi kurs) ga oʻtadi.
IKKINCHI TOIFA:
10.00 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past ball toʻplaganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi kursga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.
UCHINCHI TOIFA:
0 dan yuqori, ammo 10 dan past ball toʻplaganlarni Preparatory year (birinchi kurs) ga qabul qilish koʻrib chiqiladi.
TOʻRTINCHI TOIFA:
0 yoki undan past ball toʻplagan abituriyentlarni Preparatory year (birinchi kurs)ga faqat superkontrakt asosida qabul qilish koʻrib chiqiladi. Birinchi oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 42 750 000 (qirq ikki million yetti yuz ellik ming) soʻmni tashkil qiladi.
Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2021 yil 13-sentabr soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:
Rektor – Inoyatxoʻjaev Jamshid Shuxratullaevich
Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.
Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.
Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48
Elektron pochta: admission@new.polito.uz
Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston