Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 15 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi katta inspektorlari – podpolkovniklar S.Sh. Melieva, M.U.Anarbaeva, Y.X.Jo’raeva, mayor S.E.Mavlyanova, kapitan X.N.Berdikulova hamda universitetga biriktirilgan katta inspektor podpolkovnik Sh.N.Yusupovlar ishtirokida huquqbuzarliklar va ularni oldini olish hamda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, so‘z navbatini soha mutaxassislariga berdi.
Davra suhbati davomida ham mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Jumladan, xotin qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish, ayollarning jamiyatdagi mavqеini yanada oshirish hamda gеndеr tеnglikni ta’minlash, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi va ayollarni reabilitatsiya va himoya qilish markazi to‘g‘risida, shuningdek, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni oldini olish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Tadbir davomida tazyiqqa va zo‘ravonlikka uchragan ayollar murojat etishlari uchun qisqa raqamli ishonch raqamlari, ayollar reabilitatsiya markazi haqida ma’lumot berilib, hayotiy misollar bilan boyitilgan video roliklar namoyish etildi hamda talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.