Joriy yilning 15-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” (China-Sco Institute of Economy and Trade) Zheng Shi rektori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida TTPU rektori O. Toʻychiyev tomonidan delegatsiya aʼzolariga universitet boʻylab tur uyushtirib, universitetning oʻquv va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi.
Mazkur tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar uchun xitoy tili kurslarini tashkil qilish kabi turli masalalar muhokama etildi. Shuningdek, ikki rahbar oʻrtasida “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” hududida “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” hamkorlik markazi ochilishi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv soʻngida TTPU va CSCOIET bilan anglashuv memorandumi imzolandi. CSCOIET rahbari Zheng Shi TTPU rahbarini Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo institutining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida institutga taklif qildi.