Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida “IBRO-2025: aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar o’tkazildi.







Tadbir avvalida, seminar ishtirokchilari uchun TTPU bo’ylab tur tashkil etilib, Universitetdagi zamonaviy laboratoriyalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Seminar davomida “IBRO-2025 – Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi”ning o‘tkazilish tartibi, unda tushadigan test savollari darajasi hamda olimpiadani o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan Testbor.uz raqamli platformasi haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.