You are currently viewing TTPU Gibrid Elektr Transport Vositalari uchun Energiyani Boshqarish Tizimi loyihasi doirasida laboratoriya asbob-uskunalari xaridi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

TTPU Gibrid Elektr Transport Vositalari uchun Energiyani Boshqarish Tizimi loyihasi doirasida laboratoriya asbob-uskunalari xaridi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

“Gibrid elektr transport vositalari (HEVs) uchun optimallashtirilgan energiya boshqaruv tizimini (EMS) ishlab chiqish va elektron boshqaruv bloki (ECU) bilan integratsiyalashgan “hardware-in-loop” (HIL) simulyatorida eksperimental sinov orqali uning samaradorligini tekshirish” amaliy loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti laborator asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi tartib va talablar asosida tanlov o‘tkazadi:

  1. Xarid qilinadigan asbob-uskunalar ro‘yxati va texnik tavsifi 1-ilovada keltirilgan.
  2. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
    • Universitet nomiga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida ariza;
    • Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma;
    • Korxona ustavi;
    • Talabgorning asosiy faoliyat turi tanlov maqsadlariga mosligi;
    • 2024-yil yakuni bo‘yicha soliq organlariga topshirilgan balans;
    • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma;
    • Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida joylashmaganligi haqida ma’lumot;
    • O‘xshash asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha tajriba mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
    • Tanlov texnik topshirig‘iga muvofiq moliyaviy va texnik takliflar (yetkazib berish va to‘lov shartlari bilan);
    • Kafolat xati.
  3. Tanlov g‘olibi laborator asbob-uskunalarga 12 oylik kafolat bergan holda, ularni universitet tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish, zarur hollarda o‘rnatish va hodimlarni foydalanishga o‘rgatish majburiyatini oladi.
  4. Tijorat takliflari o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
  5. Takliflar quyidagi manzillarga yuborilishi lozim: rasmiy elektron pochta info@polito.uz orqali hamda qog‘oz shaklida Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 17-uy manziliga. Takliflarni topshirishning oxirgi muddati — tanlovning yakuniy kuni soat 18:00 gacha.
  6. Tanlov universitetning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 kalendar kun davom etadi.
  7. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: (+998 97) 984-11-92 (mas’ul shaxs: G. Yaxshiyeva)