You are currently viewing TALABALAR O‘RTASIDA QO‘SHIQ KUYLASH TANLOVI

TALABALAR O‘RTASIDA QO‘SHIQ KUYLASH TANLOVI

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarining talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tanlov talaba-yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, sahnadagi iste’dod va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, jahon va milliy musiqa madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Tanlov yo‘nalishlari:
Jahon estrada qo‘shiqlaridan bir namuna
O‘zbek estrada yoki mumtoz qo‘shiqlardan bir namuna

Hakamlar hay’ati:
Xalqaro festivallar g‘olibi, “Do‘stlik” va “Jamoat fidoiysi” medallari sohibi, xonanda Doniyor Goipov
O‘zbekiston Respublikasi Filarmoniyasi bastakori Farhod Abdullayev

Quyidagi mezonlar bo’yicha ishtirokchilar baholanadi:
ohangning musiqiyligi va oʻziga xosligi;
ijrodagi muallifning individualligi;
asarlarning badiiy qiymati va oʻziga xosligi;
ijro mahorati, darajasi;
tovush balansining mavjudligi;
artistlik, sahna obrazi;
sahna madaniyati baholanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar barcha savollar yuzasidan Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga (109-xona) murojaat qilishlari mumkin.

Ijodiy sahna sizni kutmoqda!