


2025-yil 14-noyabr kuni Qozog’iston Respublikasining Shimkent shahrida “Kasb-hunar ta’limida innovatsiyalar: tajriba, izlanish va yechimlar” mavzusida xalqaro forsayt-sessiya bo‘lib o’tdi.
Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Arxitektura va qurilish kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi E.Xaltursunov faol ishtirok etdi.
Sessiya doirasida professional ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar, qurilish sanoatida mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish, dizayn, sun’iy intellekt va boshqa dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
TTPU vakilining xalqaro miqyosdagi ishtiroki universitetimizning kasbiy ta’lim va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha hamkorlik doirasini kengaytirayotganidan dalolat beradi.