You are currently viewing Berlindagi uchrashuv: TTPU va Kaiko Systems hamkorligining yangi bosqichi

Berlindagi uchrashuv: TTPU va Kaiko Systems hamkorligining yangi bosqichi

2025-yil 17-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev hamda Kaiko Systems kompaniyasi asoschisi Eddy Del Valle o‘rtasida Germaniyaning Berlin shahrida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda rektor Olimjon To‘ychiyev TTPU bitiruvchilarining xorijdagi yutuqlari, ularning yirik xalqaro kompaniyalarda yetakchi lavozimlarga erishayotgani haqida ta’kidladi. O‘z navbatida, Eddy Del Valle TTPUning ta’lim modeli va talabalarining salohiyatini yuqori baholadi. Hamkorlik natijasida, TTPU talabalari Berlin shahridagi Kaiko Systems kompaniyasida ilg‘or texnologik yo‘nalishlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishlari ma’lum qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida TTPU rektoriga, o‘zbek texnologik tadbirkori Jalol Shukhratov tomonidan sun’iy intellektga asoslangan travel companion startapi — “Uzbegim” loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi.