You are currently viewing “Harmonic Drive” (Germaniya) vakillari TTPUga tashrif buyurdi

“Harmonic Drive” (Germaniya) vakillari TTPUga tashrif buyurdi

2026-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Germaniyaning “Harmonic Drive” tashkiloti hamda Germaniya sanoat va savdo palatasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitet kampusi, ta’lim binolari va laboratoriyalari bilan tanishib, ta’lim jarayoni, moddiy-texnik baza hamda xalqaro faoliyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tashkil etilgan ikki tomonlama uchrashuv doirasida universitet huzurida yaratilgan startap va robototexnika yo‘nalishlarida olib borilayotgan faoliyat, xususan, ilmiy-texnik ishlanmalar hamda robototexnikada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yuqori aniqlikdagi harakat uzatish tizimlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida ilmiy-tadqiqot ishlari, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun amaliy tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.