Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich (4-bosqich) talabalari o‘rtasida quyidagi fanlar bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi:
🧪 Kimyo
🧬 Biologiya
⚛️ Fizika
💻 Informatika va axborot texnologiyalari
Mazkur olimpiada quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:
🔹 iqtidorli talabalarni aniqlash;
🔹 ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish;
🔹 ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
🔹 fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish.
📌 Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
🗓 Universitet bosqichi — joriy yilning 15-apreligacha
🏆 Respublika bosqichi — may oyida
📄 Olimpiada nizomi bilan tanishing:
👉 https://turin.uz/wp-content/uploads/2026/03/NY26332484-1_organized.pdf
🚀 Barcha iqtidorli talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!