O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

  • Post category:Yangiliklar

Tashrif davomida mehmonlar Universitetning butun tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishdilar. Mehmonlar o'quv binosi, laboratoriyalar, sport markazi, mexatronika markazi, texnopark, butun campus va universitet talabalari va o'qituvchilari uchun yaratilgan binolarni tomosha qildilar. Bundan tashqari, mehmonlar avtosalondan obkeltirilgan yangi elektroavtomobillarini boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Campus bo'ylab sayohatdan so'ng Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti a'zolari Universitet faoliyati ma'ruza qildilar va zamonaviy elektromobillarning tuzilishi va asosiy elementlari, ularning ishlash prinsiplari to'grisida mashg'ulot o'tildi . Tashrif mehmonlarda Universitetga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi. https://youtu.be/7kusk7mrEN8

Continue ReadingO’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

TTPU da uning qoshidagi Akademik Litsey o‘quvchilari uchun «Rektor soati» o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Yig‘ilishda 250 ga yaqin bitiruvchi bosqich o‘quvchilari qatnashdi. Suhbat davomida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti dotsenti M. Z. Turg‘unov Materialshunoslik bo‘yicha master klass o‘tdilar. So‘ng, universitet Rektori Inoyatxodjaev J. Sh., Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha 1-prorektor Karimov A. A. va universitet Marketing bo‘lim boshlig‘i Djo‘raev O. M. universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, mavjud fakultetlar, o‘qishga qabul qilish tartibi, universitetda yaratilayotgan ixtirolar, yaratilgan imkoniyatlar, universitet erishgan yutuqlari to‘g‘risida barcha ma'lumotlarni berib o‘tishdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. O‘ylaymiz-ki, ushbu uchrashuv litsey o‘quvchilari uchun universitet faoliyati bilan tanishishga va litsey faoliyatini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.…

Continue ReadingTTPU da uning qoshidagi Akademik Litsey o‘quvchilari uchun «Rektor soati» o‘tkazildi.

TTPU da kibersport bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Universitetda TTPU kibersport jamoasi shakllantirildi, u universitetlararo ligada ishtirok etadi. Tanlov 23 va 24-yanvar kunlari onlayn va final uchrashuvi 30 va 31-yanvar kunlari oflayn tarzda o'tkaziladi. O'yin mashg'ulotlari uchun universitetda 5 ta kompyuter bilan jihozlangan maxsus xona ajratildi. Sovrin jamg'armasi 100 000 000 so'mni tashkil etadi. Jamoamizga omad tilab qolamiz! https://youtu.be/ifz9oH_xdpE

Continue ReadingTTPU da kibersport bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

196-maktab o’quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga sayohat uyushtirildi.

Shu kunlarda 196-maktab o'quvchilari universitetimizga tashrif buyurishdi. Maktab o'qituvchilari boshchiligidagi bu o'quvchilar universitetimiz binosini, undagi shart-sharoitlarni va albatta dars jarayonlarini qay tarzda olib borilishini yaqqol guvohi bo'lishdi. Bu ularda universitetimizga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqni yanada oshirdi degan umiddamiz. Ushbu sayohat mobaynida o'quvchilar o'z oldilariga kelajakda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabasi bo'lish kabi maqsad qo'yishgan bo'lsa ajab emas.Ularga oldilariga qo'ygan maqsadlariga erishishda va talaba bo'lishdek sharafga ega bo'lishligida omad va zafarlar tilaymiz. Ushbu sayohatni o'tkazishda bizga faol ko'maklashgan universitet volontyorlariga katta rahmat! https://youtu.be/USNYrFq09Hk

Continue Reading196-maktab o’quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga sayohat uyushtirildi.

TTPU maktablar bilan kelishuv memorandumi imzoladi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta'lim muassasalariga o‘rta ta'lim maktablarini biriktirish va ularning ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari B. A. Musaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti unga biriktirilgan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 312, 78, 14, 203, 129-sonli o‘rta maktablari bilan kelishuv memorandumi imzoladi, hamda Olmazor tumanidagi 196-sonli o‘rta ta'lim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik konsepsiyasi ishlab chiqildi. ✅Endilikda TTPU tajribasi asosida ushbu maktablar faoliyati…

Continue ReadingTTPU maktablar bilan kelishuv memorandumi imzoladi

Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

  • Post category:E'lonlar

Bizning aziz kuchli, jasur va ishonchli himoyachilarimiz! Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Sizni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!🥳🥳🥳 Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo'lidagi xizmatingiz uchun, hamisha bizni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga va yaqinlaringizga sog'liq, baxt va farovonlik tilaymiz.Bayramingiz muborak bo'lsin! 🎉🎉🎉

Continue ReadingVatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

“Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazish rejalashtirildi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli professor-o’qituvchilar va talabalar,Sizlarni 2021-yil 16-yanvar, shanba kuni, soat 11:00 da Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurilish boshlig’i Elyor G’aniyev Abdiraximovich tomonidan tashkil etilgan “Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusidagi seminarga taklif etamiz.O’tkaziladigan joy: 404 AB auditoriya Barcha bosqichdagi qurilish muhandisligi yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun tavsiya etiladi! Foydaliligi:-Faol bitiruvchilar uchun qiziqarli ish takliflari-Asosiy mutaxassisning hayotidan namunalar-Amaliy geologiya / fuqaro muhofazasi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash-Fuqarolik qurilish loyihalarining turli bosqichlarini tushuntirish Tashkilotchilar: TTPU Qurilish va arxitektura kafedrasi

Continue Reading“Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazish rejalashtirildi!

TTPUda doktorantlar ilk bor ilmiy ishlarini ommaga namoyish qilishdi!

  • Post category:Yangiliklar

👨‍🏫Universitetimiz kutubxonasida o'tkazilgan namoyishda bo'lajak fan doktorlari o'z ilmiy ishlarini o'z hamkasblari, universitet professorlari, talabalari va xodimlariga taqdim etishdi. Ilmiy ishlar hay'at a'zolari tomonidan baholandi. Ushbu ko'rgazma mashinasozlik va qurilish muhandisligiga qiziqqan barchaga ko'proq ma'lumot olish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. 📌Ilmiy ishlar namoyishi muvaffaqiyatli o'tganini hisobga olgan holda, shu kabi ilmiy ishlar ko‘rgazmalarini universitetimizda har chorakda o‘tkazishni rejalashtirayapmiz. https://youtu.be/URxn6V1As3M

Continue ReadingTTPUda doktorantlar ilk bor ilmiy ishlarini ommaga namoyish qilishdi!

🤩“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovida ishtirok

  • Post category:E'lonlar

✅Tanlov yo‘nalishlari:-Ajdodlar merosini o'rganish va targ'ib etishda innivatsion yondashuvlar;-Oliy ta'limda sifatli bilim olishda talabalarning shaxsiy motivatsiyasini oshirish uchun o'quv jarayoni vametodikasini o'zgartirish yo'llari;-Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishning noan'anaviy usullari. 📌Tanlov 4 bosqichda bo'lib o'tadi va unda OTM talabalari va tadqiqotchilari ishtirok etishi mumkin. ⏰Hujjatlar joriy yilning 20 yanvarigacha barcha oliy ta’lim muassasalaridagi fakultetlarda qabul qilinadi. 💸Gʻoliblar 50 million so‘mgacha miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. ✊Siz ham ishtirok eting va g'oliblikni qo'lga kiriting! https://youtu.be/onaTjnRB2NY

Continue Reading🤩“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovida ishtirok