TTPU talabalari Rossiyada ishlash uchun patent olishga tayyorlovchi platformani ishlab chiqdi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Dasturiy muhandislik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Madina Tursunova va Abdurashidbek Sadullaev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlash uchun patent olishga tayyorlovchi interaktiv platformani ishlab chiqdi. Mazkur platforma Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini yuritish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonlarga tayyorlanish imkoniyatini taqdim etadi. Platformada quyidagi test turlari mavjud: Eshitib tushunish O‘qish va yozish Leksika va grammatika Rossiya tarixi Rossiya qonunchiligi asoslari Platformadan bepul foydalanish mumkin: test.xorijdaish.uz