Tyutorlarga murojaat
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tyutorlik faoliyati talabalarning o‘qish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish, ularga individual yondashuv asosida metodik, akademik va tashkiliy yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi. Tyutorlar — bu talabalar bilan bevosita ishlovchi, ularning o‘qish samaradorligi, davomati va moslashuv jarayonini nazorat qiluvchi hamda akademik masalalarda yo‘naltiruvchi mas’ul shaxslar. Tyutorlik xizmatining asosiy vazifalari 🔹 Talabalarni o‘quv jarayoni bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash🔹 reyting, fanlar, guruh jadvali va o‘qituvchilar haqida zarur ma’lumot berish🔹 Akademik qarzdorlik, oraliq nazorat, yakuniy nazorat bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish🔹 Talabalarning davomati, intizomi va muammolarini monitoring qilish🔹 O‘quv masalalari yuzasidan fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash🔹 Talabaga psixologik, metodik va…