Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish hamda ularning hayoti va faoliyatidan ibrat olishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda Mudofaa vazirligi iste’fodagi polkovniki Gulmurod Keldiyarovich Xushvaqov, iste’fodagi podpolkovnik Ulugʻbek Abdurahmonovich Zufarov hamda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili Ma’mura Zoxidova hamda Universitet talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati,…