Elektr energiyasini bir soatga o‘chiring — tabiat haqida qayg‘uring!

  • Post category:Yangiliklar

Bugun yurtimizda global ekologik tashabbus — “Yer soati” (Earth Hour) doirasida maxsus ekoaksiya o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiya sayyoramizdagi ekologik muammolarga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi — har bir insonni ekologik mas’uliyatga chaqirishdan iborat. Sizning ushbu oddiy amalingiz orqali: ✔️ Tabiiy resurslarni tejashga, ✔️ Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishga, ✔️ Sayyoramiz kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolik pozitsiyasini bildirishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz. 🌱 Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda — harakatni bugundan boshlaylik!

Continue ReadingElektr energiyasini bir soatga o‘chiring — tabiat haqida qayg‘uring!

23-mart — Butunjahon meteorologiya kuni

  • Post category:Yangiliklar

Ushbu sana — meteorologiya va gidrologiya sohalarining inson hayoti, xavfsizligi va farovonligidagi muhim o‘rnini e’tirof etish kunidir. Milliy va xalqaro meteorologik xizmatlar global iqlim o‘zgarishlari sharoitida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🔆 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barcha meteorologiya va gidrologiya sohasi vakillarini ushbu kasbiy bayram bilan samimiy tabriklaydi! Sizning fidokorona mehnatingiz iqlim o‘zgarishlarini chuqurroq tushunishimizga va unga moslashish yo‘llarini topishimizga xizmat qilmoqda. Sizga sog‘lik, kuch-g‘ayrat, professional yutuqlar va yangi ilmiy kashfiyotlar tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda doim omad sizga yor bo‘lsin!

Continue Reading23-mart — Butunjahon meteorologiya kuni

“IBRO-2025: Aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida “IBRO-2025: aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar o'tkazildi. Tadbir avvalida, seminar ishtirokchilari uchun TTPU bo'ylab tur tashkil etilib, Universitetdagi zamonaviy laboratoriyalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Seminar davomida "IBRO-2025 – Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi"ning o‘tkazilish tartibi, unda tushadigan test savollari darajasi hamda olimpiadani o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan Testbor.uz raqamli platformasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Continue Reading“IBRO-2025: Aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar tashkil etildi

“Markaziy Osiyoda bilim yaratish: Innovatsiya, Barqarorlik va Akademik hamkorlik” mavzusida xalqaro davra suhbati o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 17-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Markaziy Osiyoda bilim yaratish: Innovatsiya, Barqarorlik va Akademik hamkorlik" mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Italiya va O‘zbekiston vakillari, jumladan, turli vazirliklar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatini Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev ochib berdi. Tadbir davomida akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, innovatsiyalar va barqarorlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetik barqarorlik dolzarb kabi muhokama qilindi ushbu sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha…

Continue Reading“Markaziy Osiyoda bilim yaratish: Innovatsiya, Barqarorlik va Akademik hamkorlik” mavzusida xalqaro davra suhbati o’tkazildi

TTPUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Xususan, bugun, joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi ushbu jarayonda faol ishtirok etib, Universitet hududida manzarali daraxt ko'chatlarini ekdilar. Universitetimiz atrof-muhitni asrab avaylash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda kelajak avlod uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish yo‘lida izchil harakatlarni davom ettiradi!

Continue ReadingTTPUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

TTPU talabalari Rossiyada ishlash uchun patent olishga tayyorlovchi platformani ishlab chiqdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Dasturiy muhandislik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Madina Tursunova va Abdurashidbek Sadullaev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlash uchun patent olishga tayyorlovchi interaktiv platformani ishlab chiqdi. Mazkur platforma Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini yuritish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonlarga tayyorlanish imkoniyatini taqdim etadi. Platformada quyidagi test turlari mavjud: Eshitib tushunish O‘qish va yozish Leksika va grammatika Rossiya tarixi Rossiya qonunchiligi asoslari Platformadan bepul foydalanish mumkin: test.xorijdaish.uz

Continue ReadingTTPU talabalari Rossiyada ishlash uchun patent olishga tayyorlovchi platformani ishlab chiqdi

TTPUda “Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi

  • Post category:Yangiliklar

Tadbir avvalida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab tur tashkil etilib, ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy o‘quv bazasi hamda universitetning zilzilabardoshlik sohasidagi innovatsion tadqiqotlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng, tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda TTPU rektori Olimjon Toʻychiyev zilzilabardoshlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligini va xalqaro hamkorlikning muhimligini ta’kidlagan holda anjumanni rasman ochib berdi. Anjuman plenar muhokamasida shahar infratuzilmasi va madaniy meros obyektlarining seysmik xavfsizligini oshirish, zilzilabardosh inshootlarni loyihalashda ilg‘or modellashtirish usullari hamda zamonaviy geomatik texnologiyalar yordamida seysmik monitoring va prognozlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani…

Continue ReadingTTPUda “Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi

TTPU va “VETERAN” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 11-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Oʻzbekiston "VETERAN" jangchi-fahriy va nogironlar birlashmasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar yoshlarni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda ijtimoiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ushbu yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Continue ReadingTTPU va “VETERAN” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Tadbir davomida TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev Universitet jamoasining barcha ayollarini samimiy qutlab, ularning fidokorona mehnati, bilim va mahorati bilan ilm-fan, ta’lim hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissalarini e’tirof etdi. Bayram tantanasida Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Continue ReadingXalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

TTPUda Xotin-qizlar bayrami

  • Post category:Yangiliklar

Bugun 4-mart kuni O’zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar hududiy kengashi bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Ayol - ilhom, go‘zallik va mehr tilmsoli" mavzusidagi bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbirni TTPU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektori A.Ashurov hamda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o’rinbosari Sh.Isroilovlar ochib, barcha ayollarni bayram bilan tabrikladilar. So‘ngra 50 nafardan ziyod metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmalari raislariga, bir qancha TTPU xodimalari hamda iqtidorli, reyting ko‘rsatgichi yuqori bo'lgan talaba qizlarga bayram sovg‘asi taqdim etildi. Shuningdek, tadbir davomida Universitet Musiqa klubi rahbari…

Continue ReadingTTPUda Xotin-qizlar bayrami

“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

  • Post category:Yangiliklar

“15 mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni” munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE'MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda! Tanlov ikki bosqichda boʼlib oʼtadi: 1-bosqich – 2025 yil 6 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida roʼyxatdan oʼtgan talabalar uchun test sinovlari oʼtkaziladi. 2-bosqich – 2025 yil 12 mart kuni 1-bosqich test natijalariga koʼra, saralangan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi. Gʼoliblarni esdalik sovgʼalari kutmoqda! 🏆 Ehtimoliy test savollari bilan tanishish uchun@RaqobatGovUz Telegram kanaliga aʼzo boʼling! Olimpiada.edu.uz elektron tizimida…

Continue Reading“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, bir necha soatlardan so‘ng, Italiyada tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar bilan muhim uchrashuv boshlanadi! Tadbirda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev ishtirok etadi. Tadbir boshlanish vaqti: 18:30 (Toshkent vaqti bilan), 14:30 (Italiya vaqti bilan).Tadbir o'tkaziladigan joy: Politecnico di Torino universiteti, 7-xona. Quyidagi havola orqali uchrashuvda onlayn ishtirok etishingiz mumkin:https://polito-it.zoom.us/j/83884026711?pwd=ETtWhxaHXOh2IyLkLk0yN19OZeYEwh.1

Continue ReadingTALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

POLITECNICO DI TORINO UNIVERSITETINING AKADEMIK SENATI YIG’ILISHI

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev Politecnico di Torino universitetining 2024/2025-o‘quv yiliga bag'ishlangan tadbir, akademik senati yig'ilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Mazkur tadbirda nufuzli mehmonlar, jumladan, Italiyaning Ommaviy boshqaruv vaziri Paolo Zangrillo, Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Antonio Tajani, Turin shahri meri Stefano Lo Russo, Piedmont viloyati prezidenti Alberto Cirio, shuningdek, boshqa yuqori martabali vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir boshlanish vaqti: 14:30 (Toshkent vaqti bilan) Tadbirni jonli efirda kuzatish uchun havola: https://www.mediastream.polito.it/live.php?publkey=4253629371.

Continue ReadingPOLITECNICO DI TORINO UNIVERSITETINING AKADEMIK SENATI YIG’ILISHI

TTPU rektori “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumida ekspert sifatida ishtirok etdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 31-yanvar va 1-fevral kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyev “Raqamli fabrikalar: Sun’iy intellekt yordamida aqlli boshqaruv va robototexnika integratsiyasi” mavzusidagi panel muhokamasida ekspert sifatida ishtirok etdi. Mazkur forum biznes vakillari, xalqaro ekspertlar, IT-hamjamiyat, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilib, raqamli texnologiyalar va sanoat innovatsiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Panel muhokamasi davomida O.Toʻychiyev raqamli sanoat, robototexnika va sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha O‘zbekistonda va TTPUda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida nutq soʻzladi.  Shuningdek, forum doirasida Xitoyning AGIBOT kompaniyasi bilan…

Continue ReadingTTPU rektori “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumida ekspert sifatida ishtirok etdi

“Building Planning and Design 1” fanidan loyiha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Architecture and Design" yo‘nalishi talabalari "Building Planning and Design 1" fanidan loyiha taqdimotlarini o‘tkazdilar. Taqdimotlar jonli va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar turli arxitektura yondashuvlarini qo‘llagan holda o‘z loyihalarini namoyish etdilar. Ishlab chiqish jarayonida SketchUp, 3Ds Max, AutoCAD, Lumion va Revit dasturlaridan foydalanildi. Shuningdek, loyihalar SHNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari) talablariga muvofiq ishlab chiqildi. Talabalar funksional va estetik jihatdan puxta ishlangan binolar, barqarorlik tamoyillariga asoslangan dizaynlar hamda innovatsion arxitektura yechimlarini taqdim etdilar. Ushbu loyihalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor namoyon etdi. Ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak…

Continue Reading“Building Planning and Design 1” fanidan loyiha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston va Italiya: taʼlim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahridagi Turin politexnka universiteti rektori O.To‘yichiyev va Turin shahri meri Stefano Lo Russo boshchiligidagi Italiya delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev universitet va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. Turin politexnika universitetining Italiyadagi bosh kampusida o‘zbek talabalariga alohida yotoqxona ajratish, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida inkubator markazini tashkil etish hamda talabalarning Italiya…

Continue ReadingOʻzbekiston va Italiya: taʼlim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Nukus filialiga tashrif buyurib, STEM fanlariga qiziqishni oshirish hamda o‘quvchilarni kelgusida muhandislik sohasida oliy ta’lim olishga ilhomlantirish maqsadida uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev, "Mashinasozlik va Aerokosmik muhandisligi" kafedra mudiri Jasurxo‘ja Xolxo‘jaev, Marketing va karyerani rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Toirxo‘ja Maxamatxo‘jayev, TTPUning qoʻshma ta'lim dasturi - AKITA menejeri Furqat A’zimov, shuningdek, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Marat Ibraimov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar grantlar, stipendiyalar, yozgi maktablar va TTPUda ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuv yakunida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilib, faol qatnashgan…

Continue ReadingQoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab”ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Koreya Milliy transport universiteti hamkorligida tashkil etilgan Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab” yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish markazi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning Koreya Milliy transport universiteti vakillari, “Qishki maktab”da qatnashgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Ta’kidlash lozimki, 6–10-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda koreyalik mutaxassislar tomonidan Toshkent shahridagi 12 ta maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari va Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilariga sunʼiy intellekt va robototexnika asoslari oʻqitildi.   Bunda oʻquvchilar sunʼiy intellekt…

Continue ReadingSunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab”ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda o’quvchi yoshlar uchun STEM Olimpiadasi o’tkaziladi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida O'zbekistonda STEM taʼlimini rivojlantirish, xususan, hamkorlikda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash hamda ragʻbatlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv so'ngida tomonlar o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga asosan, joriy yilning fevral-may oylarida STEM, xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha olimpiada testbor.uz platformasi orqali ikki bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi.

Continue ReadingTaʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda o’quvchi yoshlar uchun STEM Olimpiadasi o’tkaziladi