“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” to‘plami
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli to‘plam tayyorlandi. Nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqi asosida tuzilgan bo‘lib, unda mamlakatning o‘tgan davrdagi rivojlanish ko‘rsatkichlari, muhim natijalar hamda kelgusidagi maqsadlar raqamlar va infografikalar orqali yoritilgan. Prezidentning ushbu nutqi 2026-yil 28-avgust kuni Yangi Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlanga📊 To‘plamda iqtisodiyot va investitsiyalar, sanoat va energetika, ta’lim, ilm-fan va sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologiya hamda ijtimoiy rivojlanish kabi yo‘nalishlardagi ma’lumotlar jamlangan.🎓 Xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, oliy ta’lim qamrovining kengayishi, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.…