Bitiruvchilarimiz bizning faxrimiz va kuchimizdir!
O'zbekistonning umidli yoshlaridan biri, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi Jasur Gayratov haqidagi teledasturni tomosha qiling! https://youtu.be/Sb0SyBNww-E
Turin Polytechnic University in Tashkent
O'zbekistonning umidli yoshlaridan biri, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi Jasur Gayratov haqidagi teledasturni tomosha qiling! https://youtu.be/Sb0SyBNww-E
🎉Universitetimiz talabasi Axmedova Mariyamni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Uyda qoling va ijod qiling” onlayn ko‘rik-tanlovida "Eng yaxshi grafik asar" nominasiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilganliklari bilan muborakbod etamiz va ularni kelgusi ijodiy ishlarida zafarlar tilab qolamiz!👏
Joriy yil respublika miqyosida 428 ta loyihalar bir nechta bosqichda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunida Respublika Komissiyasi a'zolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni g‘olibi deb topildi. G‘oliblar safida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavr va PhD doktorantura bitiruvchisi Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li ham bor. 6 noyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibroxim Yulchievich Abdurahmonov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Muradovich Jumaboev tabrikladilar. Marosimda bitiruvchimiz Mirzaliev Sanjar so‘zga chiqib, berilgan ushbu yuksak ishonchni kelgusidagi ishlar bilan davom…
2 noyabr kuni ayni mavzuda tomonlar o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiylar bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ham ishtirok etdi. Onlayn muloqot davomida talabalarga «2+2» dasturining mazmun-mohiyati, Pittsburg universitetiga kirish shartlari va talablari hamda o‘qish davomida va o‘qishni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ham javob olishdi. Pittsburg davlat universiteti vakilining aytishicha, talabalar o‘qishni tamomlab, AQShning nufuzli kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. «Chet ellik talaba diplomini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, AQShda 3 yil davomida talabalik vizalari bilan nufuzli kompaniyalarda ishlashlari mumkin. Har yili Pittsburg davlat universiteti “job fair”, ya'ni mehnat yarmarkalari…
Hurmatli ko'rgazma mehmonlari! E'tiboringizga Innoweek.uz halqaro xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan onlayn ko‘rgazmadagi universitetimiz povelioniga tashrif buyurish bo‘yicha video-yo‘riqnomani taqdim etamiz. https://youtu.be/LGcal1p1Sd4
Hurmatli birinchi bosqich talabalari! Sizni Universitetimizga qabul qilinganingiz va TTPU oilasining to'laqonli a'zosi bo'lganingiz bilan tabriklayman. Umid qilamanki, o'qish davri sizlar uchun qiziqarli, hayajonli va kelajakdagi kasbingiz uchun foydali bo'ladi. Pandemiya va karantin tez orada bizning faoliyatimizga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirini yo'qotadi va biz sizni yana universitetimizda ko'rishga muvaffaq bo'lamiz deb umid qilamiz. Hamkorlarimizdan birining past darajadаgi kompetensiyasi sabab video darslar portali va onlayn kontent bilan ishlashda uzilishlar bo'lganligi uchun uzr so'rayman. Professor-o'qituvchilar va o'quv bo'limimiz say harakati bilan biz kontentni doimiy ravishda Telegram kanalimizda joylashtirib kelmoqdamiz va kechadan boshlab portalni ishga tushurdik. 2, 3 va 4-bosqich talabalari oktyabrdan boshlab Didattica…
Universitetimizdagi yangi Tiss inkubatsiya markazi! 🥁 baraban rulosi 🥁 🚀 Biz bu lahzani qanday kutganingizni bilib, sizni rozi qilishga shoshilamiz! 🚀 2020 yil 23 oktyabrda Universitetimizdagi inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi! https://youtu.be/1U69QdVE28Y 💡 Inkubatsion dasturlar haqida ko'proq bilmoqchimisiz? Investorlarni qanday topishni bilmayapsizmi? O'zingizning startapingizni muvaffaqiyatli targ'ib qilish uchun yordam izlang, quyidagi havolalarga o'ting! ➡️ Tiss - Inkubatsiya markazining ochilish marosimini tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/vOtOObHWCdk ➡️ Instagram-ga havola: https://www.instagram.com/tiss.incubation/ ➡️ Bizning Facebook-ga havola: https://www.facebook.com/Tiss.incubation/ ➡️ Veb-saytimizga havola: https://incubation.polito.uz/ ➡️ Telegram kanalimiz: https://t.me/tissincubation Hamkorlar: Toshkentdagi Turin politexnika universiteti: http://new.polito.uz/ IT-Park: https://it-park.uz/
Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ZOOM platformasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida onlayn ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ustoz san'atkori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra'no Yarasheva va O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasining xonandasi Mansur Xo‘jaAhmad ishtirok etib, mavzuni yanada boyitishda, badiiy ijodiy salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shdilar. Mehmon san'atkorlar tadbir ishtirokchilarining e'tiboriga nazm yo‘nalishdagi ijod mahsullarini havola etdilar.Talabalar tomonidan mavzu bo‘yicha tayyorlangan videorolik tomoshabin va mehmonlar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi.
O'zbek tilining paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi uning ona tilida so'zlashuvchilarning tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. O‘zbek xalqi kabi bir millatning paydo bo‘lishi turkiy va eron tillarini birlashtiruvchi bir qator etnik guruhlarning birlashishi bilan bog‘liq edi. Buni orasida katta farq bo’lgan o‘zbek lahjasidagi dialektlarning ko‘pligidan bilish mumkin. O'zbek tilining rivojlanish tarixini uch bosqichga bo'lish mumkin: qadimgi turkiy, qadimgi o'zbek va zamonaviy o’zbek tili davrlari. Qadimgi turkiy til Ushbu bosqich V-XI asrlarga tegishli. Turklar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon qirg'oqlari bo'ylab hind-eron qabilalari aholisini asta-sekin chiqarib yuborishgan. Aloqa vositasi qadimgi turkiy til bo'lib, uning asosida keyinchalik ko'plab Osiyo tillari paydo bo'lgan. Bugungi kunda…
Hammaga salom! Toshkent 24 telekanalida bizning universitet talabalarining innovatsion loyihalari haqidagi efirni o'tkazib yuborganlar va uni qayta-qayta ko'rishni istaganlar endi videoni rasmiy YouTube kanalimizda tomosha qilishlari mumkin! Tomosha qiling, zavqlaning va iste'dodli talabalarimiz bilan faxrlaning! https://www.youtube.com/watch?v=OdzDWSbrcyk&t=486s
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida Universitetimiz talabasi Ahmedova Mar'yam ishtirok etmoqda. Keling ularni qo‘llab-quvvatlab, tanlovda omadlar tilab qolaylik! https://youtu.be/dN1CifEw-fI
Universitetimizda iqtidorli talabalarimiz ko‘p! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling!” shiori ostida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasida universitetimiz 1-bosqich talabasi Raximdjanova Nodiraxon o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda. Ushbu ijodiy ishlarni ko‘rib ko‘z quvonadi! Nodiraxonning ijodlariga muvafaqqiyat tilab, tanlovda omad yor bo‘lsin deb qolamiz!
Joriy yilning 10-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulotda holatlar tufayli yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularni oqibatlarini bartaraf etishda MARDLIK va JASORAT namunasini ko'rsatgan, milliy qadriyat va an'analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, HIMMAT va OLIJANOBLIK fazilatlarini ulug'lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularga BEMINNAT KO’MAK berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko'tarishga katta hissa qo'shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, BEG’ARAZ HOMIYLIK yordami hamda ezgu ishlari bilan ko'pchilikka alohida O'RNAK BO'LAYOTGAN yurtdoshlarimiz orasida Toshkent shahridagi…
Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "TECHNOWAYS" texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko'ra ulardan ikkitasi g'olib deb topildi. Xususan, "Nova robotics" jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan "Neuron engineering" jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo'lishdi. G'oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz! Talabalarimiz - bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz! https://www.youtube.com/watch?v=ov-H1G4eTj4&t=14s
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy Kengash qarori va rahbariyat buyruqlariga asosan, xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha birinchi prorektor etib – Karimov Аbdujamin Аbdujalilovich; Universitet huzuridagi akademik litsey o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari etib – Shamansurov Javlon Shamuslimovich; Xodimlar bo'limi boshlig'i etib – Tronevich Аndrey Аleksandrovich tayinlandi.
Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz... 1-oktyabr' - O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ularni ushbu…
Qadrli va aziz ustozlar! Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz! Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz! Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=52uCyqiyUB0&pbjreload=101
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi, Italiyaning "Arduino" kompaniyasi mutaxassisi Nodir Yusufov bilan intervyuni tomosha qiling!!! https://www.youtube.com/watch?v=vds8GMCiOgc
https://www.youtube.com/watch?v=9VeUWBPuTtE