Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi tartib va talablar asosida laborator asbob uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilmoqda:
1. Xarid qilinadigan asbob uskunalar ro‘yxati va texnik tavsifi (1-ilovada keltirilgan).
2. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan quyidagi xujjatlar talab etiladi:
– Universitet nomiga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida ariza;
– Talabgor haqida umumiy ma’lumot (2-ilovaga muvofiq);
– Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma;
– Korxona ustavi;
– Talabgorning asosiy faoliyat turi tanlov maqsadlariga mosligi.
– 2024-yil yakuni bo‘yicha soliq organlariga topshirilgan balans (1 va 2 formalar)
– Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligini tasdiqlovchi xujjat;
– Insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi;
– Talabgorning shunga o‘xshash asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha tajribasi (3-ilovaga muvofiq);
– Tanlov texnik topshirig‘iga muvofiq eytkazib berish va to‘lov shartlari to‘g‘risida moliyaviy va texnik takliflar;
– Kafolat xati.
3. Tanlov g‘olibi laborator asbob-uskunalarga 12-oylik kafolat bergan holda universitet tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish, zarur hollarda o‘rnatish, hodimlarni undan foydalanishga o‘rgatish/o‘qitish majburiyatini oladi.
4. Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat takliflari o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
5. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar yopiq konvertda Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Xalqa yo ‘li ko‘chasi, 17 manzili bo‘yicha tanlovning oxirgi kuni soat 18:00ga qadar qabul qilinadi.
6. Tanlov universitetning internetdagi saytida joylashtirilgan kundan e’tiboran kuchga kirib, 15 kalendar kun davom etadi.
7. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan (71) 2030777-115 telefon raqami yoki a.ismatullaev@polito.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin. (mas’ul shaxs A. Ismatullayev)