Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini.
Ishtirok etish shartlari:
1. Abituriyent universitet bilan o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan bo‘lishi;*
2. Eng kamida shartnomada belgilangan kontrakt summasining 25%ini to‘lagan bo‘lishi kerak.
Sovrinlar:
5 000 000 (besh million) so‘mlik vaucherlar
(Shartnoma summasidan chegirma sifatida foydalanish uchun. Naqd pul ko‘rinishida berilmaydi).Agar abituriyent kontrakt summasining to‘liq (100%) to‘lovini amalga oshirgan bo‘lsa, yutib olingan vaucherdan foydalanish huquqi keyingi o‘quv yili uchun saqlanib qoladi.
O‘tkazilish shartlari va muddatlari:
Sovrinli o‘yin quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan sanalarda o‘tkaziladi. Sovrinli o‘yinda qatnashib, g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar keyingi sovrinli o‘yinlarda o‘zlarining imkoniyatlarini saqlab qoladilar. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qayta ishtirok eta olmaydilar.
Sovrinli o‘yin o‘tkazilish kunlari:
1 | 30.06.2025 |
2 | 08.08.2025 |
3 | 19.09.2025 |
Sovrinli o‘yin o‘tkazish kunlari universitetning rasmiy websayti hamda universitet mas’ul xodimlari tomonidan ishtirok etish shartlarini bajargan abituriyentlarga telefon qo‘ng‘iroq orqali ma’lum qilinadi.
*Sovrinli o‘yin universitet tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek universitetga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.
*Sovrinli o‘yinda faqatgina O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok eta oladilar.
G‘olib ishtirokchini aniqlash:
- Ishtirok etish shartlarini bajargan ishtirokchilarning so‘nggi ro‘yhati shakllantiriladi;
- Har bir ishtirokchiga alohida tartib raqam biriktiriladi;
- G‘olib har bir ishtirkochiga biriktirilgan raqamlar yordamida, tartib raqamlarni tasodifiy aniqlash platformasida (random.org) aniqlanadi.
G‘olib YouTube platformasi orqali bo‘lib o‘tadigan jonli muloqotda aniqlanadi.