Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Aviatsiya muhandisligi” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Kosimov Akbarshoh Xitoyning Hangzhou shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro “Space Summer Camp 2025” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.







🔸13–27-iyul kunlari Star.Vision, Aliens Aerospace va Beihang University tomonidan o’tkazilayotgan ushbu nufuzli loyihada ishtirokchilar sun’iy yo‘ldoshlar, GNSS, mikro-sputnik tizimlari, robototexnika va kosmik dasturlarni boshqarish kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar hamda xalqaro professorlar rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar orqali kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
💬 Kosimov Akbarshoh: “Xalqaro muhitda haqiqiy sun’iy yo‘ldosh ustida ishlash — bu orzum edi, endi esa hayotimdagi haqiqatga aylandi. Shu yo‘lga ilk qadamni qo‘yishimga aynan TTPU sabab bo‘ldi”.
🌟 TTPU talabasining bu ishtiroki nafaqat universitetimiz, balki O‘zbekiston yoshlarining xalqaro ilm-fan maydonidagi salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.