Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Joriy yilning 14 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bilimdonlar bahsida Turin politexnika universitetining "Turin bilimdonlari" va "Orzu" jamoasi, "O‘zelektroapparat" AJning "Elektroapparat" "Uzavto-Inzi" QKning "O‘zinzi", Chilonzor 1-son kasb xunar maktabining "Bilimdon" hamda "O‘zmetkombinat" AJning "Metallurglar" jamoasi ishtirok etishdi. Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 20-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra "O‘zmetkombinat" AJning "Metallurglar" jamoasi Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasida faxrli…