Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish hamda ularning hayoti va faoliyatidan ibrat olishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda Mudofaa vazirligi iste’fodagi polkovniki Gulmurod Keldiyarovich Xushvaqov, iste’fodagi podpolkovnik Ulugʻbek Abdurahmonovich Zufarov hamda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili Ma’mura Zoxidova hamda Universitet talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati,…

Continue ReadingAmir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 8-aprel kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev yoshlar bilan uchrashib, muhandislik sohasining bugungi kundagi ahamiyati, zamonaviy tendensiyalar hamda istiqbolli yo‘nalishlar haqida taqdimot qildi. Jumladan, sun’iy intellekt, robototexnika, yashil energetika kabi yo‘nalishlar muhandislik rivojining asosiy drayverlari sifatida alohida ta’kidlandi. Ma’ruza davomida bugungi muhandislar ilm-fan va ishlab chiqarishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekani, innovatsiyalar yaratish, murakkab texnologik muammolarni hal etish hamda jamiyat farovonligini ta’minlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida yuqori malakali muhandis kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgani, bu borada…

Continue Reading“Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Erasmus+ SPHERE loyihasi doirasida barqaror transport bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

6-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professor-o‘qituvchilari Erasmus+ SPHERE loyihasi doirasida barqaror transport sohasidagi mutaxassislar uchun bir qator ixtisoslashtirilgan trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Trening Jizzax shahridagi BYD Uzbekistan Factory muhandislari va mutaxassislari uchun tashkil etildi hamda barqaror transportni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlandi, akademik tajriba va sanoatning amaliy ehtiyojlarini uyg‘unlashtirdi. Ushbu tashabbus uzluksiz kasbiy ta’limning muhimligini hamda oliy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik ahamiyatini ta’kidladi. Trening dasturi bir qator muhim mavzularni qamrab oldi, jumladan Green Vehicle Technologies, EV/HEVs diagnostikasi, Traffic Modeling and Simulation hamda Technology of Driver Training. Mazkur seminarlar ishtirokchilarga ilg‘or transport texnologiyalari, transport vositalarini diagnostika qilishning…

Continue ReadingErasmus+ SPHERE loyihasi doirasida barqaror transport bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

Belarus delegatsiyasi TTPUga tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 30-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Belarus Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov hamda sanoat, muhandislik va kadrlar yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirok etdilar. Delegatsiya TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida mehmonlar universitetning zamonaviy o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalari hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, muhandislik yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayonlari delegatsiyada katta qiziqish uyg‘otdi. Muzokaralar jarayonida kadrlar siyosati, muhandis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan…

Continue ReadingBelarus delegatsiyasi TTPUga tashrif buyurdi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Respublika fan olimpiadasi!

  • Post category:Yangiliklar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich (4-bosqich) talabalari o‘rtasida quyidagi fanlar bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi: 🧪 Kimyo🧬 Biologiya⚛️ Fizika💻 Informatika va axborot texnologiyalari Mazkur olimpiada quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:🔹 iqtidorli talabalarni aniqlash;🔹 ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish;🔹 ilmiy salohiyatini rivojlantirish;🔹 fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish. 📌 Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. 🗓 Universitet bosqichi — joriy yilning 15-apreligacha🏆 Respublika bosqichi — may oyida 📄 Olimpiada nizomi bilan tanishing:👉 https://turin.uz/wp-content/uploads/2026/03/NY26332484-1_organized.pdf 🚀 Barcha iqtidorli talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Continue ReadingOliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Respublika fan olimpiadasi!

“SEN AZIZSAN MUHTARAM AYOL” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 4-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sen azizsan muhtaram ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Tal’at Usmonov, O‘zbekiston teatr va kino aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Firyuza Muhitdinova, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tarmoq korxonalarining kasaba uyushma faollari, faol xotin-qizlar hamda Respublika kengashi faxriylari ishtirok etdilar. Tadbir davomida faol mehnati va jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir qator…

Continue Reading“SEN AZIZSAN MUHTARAM AYOL” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 28.02.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 28-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 21.02.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

TTPUda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (NQAAE), Yevropa muhandislik ta’limini akkreditatsiya qilish tarmog‘i (ENAEE), Markaziy Osiyo ta’lim sifatini ta’minlash federatsiyasi (CAF), Markaziy Osiyo ta’limni akkreditatsiya qilish assotsiatsiyasi (CAAAE) hamda Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda bitiruvchilarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini…

Continue ReadingTTPUda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi

TTPU bitiruvchilari diqqatiga!

  • Post category:Yangiliklar

💡Kelajakka qadam tashlashga tayyormisiz? Agar sizning tadbirkorlikka qiziqishingiz yoki biznes g'oyangiz bo'lsa, "Kelajakka qadam" markazi sizga imkoniyatlar eshigini ochadi!O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur markaz Universitet bitiruvchilariga:🔺 Kasbiy rivojlanish va amaliy tajriba orttirish;🔺 Ish topishda ko‘maklashish;🔺 Tadbirkorlikni boshlashda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taqdim etadi.⭐️Agar sizda tadbirkorlik g'oyalari bo'lsa yoki startap boshlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, aynan sizni qidiryapmiz!Bizning so'rovnomamizda ishtirok eting va quyidagilarni qo‘lga kiriting:✅ Tadbirkorlik treninglari va master-klasslar;✅ Startaplar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;✅ Tajribali tadbirkorlar bilan tarmoq yaratish;✅ O‘z biznesingizni boshlashda ko‘mak!🔗So'rovnomani to'ldirish uchun havola: havola❓Batafsil ma'lumot uchun Kelajakka…

Continue ReadingTTPU bitiruvchilari diqqatiga!

Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida TTPUda transport sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida transport sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda BYD Uzbekistan, ADM Jizzakh, Mangano Robot Central Asia va boshqa yetakchi kompaniyalar ishtirok etib, akademiya va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Davra suhbati doirasida kompaniya vakillari uchun seminar o‘tkazilib, unda SPHERE loyihasining maqsadlari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari va joriy bosqichdagi natijalari taqdim etildi. Loyiha doirasida transport sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ochiq muloqot jarayonida ishtirokchilar sanoat ehtiyojlari, ustuvor o‘quv yo‘nalishlari hamda kompaniya mutaxassislari uchun mo‘ljallangan kelgusi trening dasturlarini tashkil etish masalalari…

Continue ReadingErasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida TTPUda transport sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Harmonic Drive” (Germaniya) vakillari TTPUga tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Germaniyaning “Harmonic Drive” tashkiloti hamda Germaniya sanoat va savdo palatasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar universitet kampusi, ta’lim binolari va laboratoriyalari bilan tanishib, ta’lim jarayoni, moddiy-texnik baza hamda xalqaro faoliyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tashkil etilgan ikki tomonlama uchrashuv doirasida universitet huzurida yaratilgan startap va robototexnika yo‘nalishlarida olib borilayotgan faoliyat, xususan, ilmiy-texnik ishlanmalar hamda robototexnikada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yuqori aniqlikdagi harakat uzatish tizimlari bilan tanishtirildi. Uchrashuv yakunida ilmiy-tadqiqot ishlari, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun amaliy tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

Continue Reading“Harmonic Drive” (Germaniya) vakillari TTPUga tashrif buyurdi

Italiya texnologiyalari amaliy ta’limda: Zamonaviy payvandlash uskunalari bilan mashg‘ulotlar boshlandi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida hamda Italiya Savdo Sanoat agentligi (ITA – Italian Trade Agency ) o‘rtasidagi hamkorlik asosida tashkil etilgan Italiya-O'zbekiston Ilg'or muhandislik markazida zamonaviy payvandlash uskunalari (Italiyada ishlab chiqarilgan uskunalar) asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mazkur Ilg'or Muhandislik Markazi “Made in Italy” texnologiyalari asosida mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorlik loyihasi doirasida yetkazib berilgan payvandlash uskunalari universitetimizda Welding Class (Payvandlash kurslari) mashg‘ulotlariga to‘liq joriy etilgan. Hozirda talabalar tajribali mutaxassislar rahbarligida quyidagilarni bosqichma-bosqich o'rganishmoqda: ⚙️Payvandlash uskunalarining texnik tuzilishi va ishlash asoslari⚙️Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablari⚙️Zamonaviy payvandlash texnologiyalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish⚙️Amaliy vazifalar asosida payvandlash jarayonlarini bajarish Mazkur amaliy…

Continue ReadingItaliya texnologiyalari amaliy ta’limda: Zamonaviy payvandlash uskunalari bilan mashg‘ulotlar boshlandi

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETICLINING XIZMATLARI UCHUNTANLOV E’LON QILADI

  • Post category:Tender_uz

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, universitet binolarida klining (tozalash ishlari, jumladan ma’muriy xonalarini, o‘quv auditoriyalarini, sanuzellarni tozalash va kimyoviy ishlov berish, kovrolan qoplamalarini kimyoviy tozalash va fasad oynalarini yuvish va h.k) xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot bilan 2025-yil uchun shartnoma imzolashga ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlovda mazkur xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga, tegishli moddiy taxnik bazasiga va ishchi xodimlariga ega yuridik shahslar ishtirok etishga haqli. Klining xizmatlari kelishilgan grafik asosida dushanba-shanba kunlari soat 07:00 dan 18:00 ga qadar ko‘rsatilishi lozim. Tanlov universitetning internet portalida e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davom etadi. Universitet tasnifi: O‘quv bino. 4 qavatdan iborat, umumiy maydoni –…

Continue ReadingTOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETICLINING XIZMATLARI UCHUNTANLOV E’LON QILADI

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETIOBODONLASHTIRISH ISHLARI UCHUNTANLOV E’LON QILADI

  • Post category:Tender_uz

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, universitet hududida joylashgan yashil maydonlarni obodonlashtirish, parvarish qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi. Tanlov gazon, daraxt va butalarni muntazam parvarish qilish hamda ularni zarur ozuqa va o‘g‘itlar bilan taʼminlash xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Universitet hududining tafsilotlari:yashil maydon (gazon) - 27 000 kv.m;ignabargli daraxtlar - 448 dona;bargli daraxtlar - 495 dona;mevali daraxtlar - 70 dona;butalar - 108 dona, indiyskiy siren -16 dona, shar shaklidagi buksus - 80 dona, magnoliya - 12 dona;Dojdevatellar (sug‘orish tizimi elementlari) R5 - 1 963 dona.Obodonlashtirish tashkiloti gazon va daraxtlarni sug‘orish, kesish, shakllantirish, mavsumiy parvarishlash, organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, tuproqni yaxshilash,…

Continue ReadingTOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETIOBODONLASHTIRISH ISHLARI UCHUNTANLOV E’LON QILADI

TTPU vakillari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 1–5-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Menejment, iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sultanova Kamila hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Tajimuratova Aziza Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou Universitetida tashkil etilgan “China and Central Asia Symposium on Modern University Governance” nomli xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar. Mazkur xalqaro simpozium doirasida zamonaviy oliy ta’lim tizimi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalar yuzasidan davlatlararo davra suhbatlari hamda ilmiy muhokamalar tashkil etildi. Jumladan, simpozium davomida universitetlarni boshqarish sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash, raqamli davr sharoitida universitetlarni boshqarish modelining o‘zgarishi, universitet boshqaruvida manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari hamda universitetlarni boshqarishning madaniyatlararo kontekstdagi…

Continue ReadingTTPU vakillari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar

Tyutorlarga murojaat

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tyutorlik faoliyati talabalarning o‘qish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish, ularga individual yondashuv asosida metodik, akademik va tashkiliy yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi. Tyutorlar — bu talabalar bilan bevosita ishlovchi, ularning o‘qish samaradorligi, davomati va moslashuv jarayonini nazorat qiluvchi hamda akademik masalalarda yo‘naltiruvchi mas’ul shaxslar. Tyutorlik xizmatining asosiy vazifalari 🔹 Talabalarni o‘quv jarayoni bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash🔹 reyting, fanlar, guruh jadvali va o‘qituvchilar haqida zarur ma’lumot berish🔹 Akademik qarzdorlik, oraliq nazorat, yakuniy nazorat bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish🔹 Talabalarning davomati, intizomi va muammolarini monitoring qilish🔹 O‘quv masalalari yuzasidan fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash🔹 Talabaga psixologik, metodik va…

Continue ReadingTyutorlarga murojaat

TTPUda talabalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

2025-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy ong va axborot madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili, profilaktika xodimlari, tyutorlar hamda 100 nafar talaba ishtirok etdi. 📌 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, radikal g‘oya va zararli axborot ta’siriga qarshi ongli immunitetni shakllantirishdir. 💬 Davra suhbati davomida: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2019–2025-yillarda yangilangan moddalari, jamoat tartibi, xavfsizlik, internetdagi noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq holatlar tushuntirildi. Talabalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik turlari — tamaki iste’moli, obodonlashtirish qoidalarini buzish, ruxsatsiz…

Continue ReadingTTPUda talabalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

“Ponte Japan LLC” vakillarining TTPUga tashrifi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ponte Japan LLC” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrifdan maqsad – universitetda Yapon tili markazini ochish va o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘ldi. Uchrashuv doirasida:Delegatsiya universitet laboratoriyalari, o‘quv jarayoni va mavjud til kurslari bilan tanishdi. Tomonlar TTPUda Yapon tili o‘qitish kurslarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun yuqori darajada o‘qitish tizimini joriy etish hamda kelgusida Yaponiyada amaliyot va ish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

Continue Reading“Ponte Japan LLC” vakillarining TTPUga tashrifi