TTPU professor-o’qituvchisi “EVRIKA–2025” tanlovi doirasida taqdirlandi!

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 12-noyabr kuni “Renessans” kino uyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘ibot markazi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida yosh olimlar uchun nufuzli “EVRIKA–2025” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Ilm va ijod bayrami” shiori ostida tashkil etilib, respublikaning turli hududlaridan kelgan 500 dan ortiq ilmiy izlanuvchilar, akademiklar va ilm-fan jamoatchiligi vakillarini birlashtirdi. Tanlov 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilib, yakuniy bosqichga yetib kelgan ishtirokchilardan 20 nafar iste’dodli yosh olim va tadqiqotchilar g'olib deb topildi. Xususan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi dotsenti, PhD A.Sharipov “Texnika va IT texnologiyalar olami” yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Tadbir…

Continue ReadingTTPU professor-o’qituvchisi “EVRIKA–2025” tanlovi doirasida taqdirlandi!

TTPU bitiruvchilari diqqatiga!

  • Post category:E'lonlar

Kelajakka qadam tashlashga tayyormisiz? Agar sizning tadbirkorlikka qiziqishingiz yoki biznes g'oyangiz bo'lsa, "Kelajakka qadam" markazi sizga imkoniyatlar eshigini ochadi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur markaz Universitet bitiruvchilariga:🔺 Kasbiy rivojlanish va amaliy tajriba orttirish;🔺 Ish topishda ko‘maklashish;🔺 Tadbirkorlikni boshlashda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taqdim etadi. ⭐️Agar sizda tadbirkorlik g'oyalari bo'lsa yoki startap boshlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, aynan sizni qidiryapmiz! Bizning so'rovnomamizda ishtirok eting va quyidagilarni qo‘lga kiriting:✅ Tadbirkorlik treninglari va master-klasslar;✅ Startaplar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;✅ Tajribali tadbirkorlar bilan tarmoq yaratish;✅ O‘z biznesingizni boshlashda ko‘mak! 🔗So'rovnomani to'ldirish uchun havola:…

Continue ReadingTTPU bitiruvchilari diqqatiga!

Turkiyada TTPU professor-o‘qituvchilari ilmiy-amaliy stajirovkada ishtirok etmoqda

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil noyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida seysmik xavfsizlik yo‘nalishiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy stajirovka bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu stajirovkada Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi o‘qituvchilari Anvarov S. va Yergasheva N. faol ishtirok etmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilar Istanbul Texnika Universiteti, Istanbul Aydin Universiteti, Kandilli ilmiy-tadqiqot markazi va Beylikduzu favqulodda vaziyatlar ta’lim markazida Turkiyadagi seysmik xavfsizlik amaliyoti, muhandislik yechimlari va zilzilabardoshlik tizimlari bilan tanishishmoqda. Shuningdek, Istanbul Proje Koordinasyon Birimi, Kartal Dr. Lütfi Kırdar kasalxonasi, Gürlek Nakipoğlu litseyi va Yeditepe Universiteti kabi muassasalarda tashrif buyurib, zamonaviy laboratoriyalar va inshootlardagi seysmik himoya tizimlarini o‘rganmoqdalar. Mazkur stajirovka xalqaro tajriba almashish hamda zamonaviy qurilish me’yorlari va…

Continue ReadingTurkiyada TTPU professor-o‘qituvchilari ilmiy-amaliy stajirovkada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston yoshlari global sahnada porlamoqda!

  • Post category:Yangiliklar

Panama shahrida o‘tkazilgan nufuzli “FGC 2025” robototexnika jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 190 davlat orasida 4-o‘rinni egalladi! Bu – nafaqat yutuq, balki yurtimiz yoshlari xalqaro miqyosda raqobatlasha olishini isbotlagan tarixiy natija! Faxrlanarlisi shundaki, milliy terma jamoamiz safida quyidagi TTPU talabalari munosib ishtirok etdi:Ziyodulla Butakhonov – terma jamoa murabbiyi, "Dasturiy ta'minot muhandisligi" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;Shukurullo Sodiqov – milliy jamoa sardori, "Avtomobilsozlik muhandisligi" yo‘nalishi 1-bosqich talabasi;Akbarshox Kosimov - milliy jamoa video tahlilchisi, “Aviatsiya muhandisligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Ular AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Buyuk Britaniya kabi kuchli jamoalarni ortda qoldirishga erishdi. Bu esa O‘zbekiston muhandislik salohiyatining amaliy namunasidir. Bunday natijalar —…

Continue ReadingO‘zbekiston yoshlari global sahnada porlamoqda!

TTPU va “Shandong Education Holding Shanda Xueshi” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Education Holding Shanda Xueshi” kompaniyasi Boshqaruv kengashi raisi Jin Benjyun boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar uchun TTPU boʻylab tur tashkil etilib, unda o‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, TTPUda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion loyihalar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan o‘quv jarayoni bilan tanishtirildi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘rtasida xalqaro ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari, startap tashabbuslari, talabalarning amaliyoti va stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar ushbu…

Continue ReadingTTPU va “Shandong Education Holding Shanda Xueshi” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ochilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

  • Post category:E'lonlar

2025-yil 12-noyabr, soat 14:00(o‘quv binoning 307-xonasi)Matematik analiz (01.01.01);Differensial tenglamalar va matematik fizika (01.01.02);Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (05.01.07). 2025-yil 13-noyabr, soat 15:00(administrativ binoning 303-AB xonasi)Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (02.00.12);Bioorganik kimyo (02.00.10).(o‘quv binoning 207-xonasi)Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (05.09.01);(o‘quv binoning 306, 307-xonalari)Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (05.01.08).(o‘quv binoning 303-xonasi)G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish (05.08.06);Yer usti majmualari va uchish apparatlari (05.02.08). 2025-yil 14-noyabr, soat 15:00(o‘quv binoning 307-xonasi)Menejment (08.00.13);Sanoat iqtisodiyoti (08.00.03). Barcha https://daraja.ilmiy.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashishlari so‘raladi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ochilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Litsey o‘quvchilari va ota-onalari forumi bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Forumda Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev, professor-o‘qituvchilar, Italiyalik professorlar, litsey o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, o‘quv binolar, laboratoriyalar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ekskursiyadan so‘ng, TTPUda ta’lim olishning afzalliklari, akademik litsey o‘quvchilari uchun qabul tartibi va grant imkoniyatlari, shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatdagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida esa ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilardan javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Continue ReadingJoriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Litsey o‘quvchilari va ota-onalari forumi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy OTMlar talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Mazkur tanlov talabalarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish, jahon va milliy musiqiy merosni targ‘ib etishga xizmat qildi. 20 ga yaqin ishtirokchi 10 dan ortiq xorijiy OTM vakili sifatida O‘zbek va Jahon estradasi hamda mumtoz asarlarni ijro etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan tanlov natijasiga ko'ra quyidagi ishtirokchilar g'olib deb topildi:🥇 1-o‘rin — G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti jamoasi🥈 2-o‘rin — Shosaidov Javohir (TTPU)🥉 3-o‘rin — Djaxangirova Mubina (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) Tadbir yakunida g'olib va bir qancha nominatsiyalar bo'yicha o'zini ko'rsatgan ishtirokchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Continue Reading2025-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy OTMlar talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

TTPUda “Take Off Startup Summit” vebinari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mintaqaviy miqyosdagi muhim voqea — “Take Off Startup Summit” xalqaro vebinari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Begzod To‘xtamurodov, Innovatsion rivojlanish agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Ilhamov, OTMlar Yoshlar akademiyasi liderlari, TTPU talabalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Vebinar davomida ishtirokchilarga “Take Off Startup” sammiti doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlar — jumladan, $1 millionlik investitsiya jamg‘armasi, xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar, real startap muvaffaqiyat hikoyalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha dolzarb mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi. Mazkur sammitning O‘zbekistondagi birinchi…

Continue ReadingTTPUda “Take Off Startup Summit” vebinari o‘tkazildi

1-bosqichda tahsil olayotgan 15 nafar guruh sardorlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tyutori B.Norboyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.

  • Post category:Yangiliklar

Ekskursiya davomida talabalar majmuaning “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko‘rgazmasidagi noyob suratlar, portretlar va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tashrif yosh liderlarda nafaqat tarixiy tafakkurni shakllantirdi, balki ularda rahbarlik mas’uliyati, Vatanga sadoqat va fidoyilik kabi yuksak qadriyatlar haqida chuqur mushohada yuritishga undadi.

Continue Reading1-bosqichda tahsil olayotgan 15 nafar guruh sardorlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tyutori B.Norboyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.

YUNESKO delegati O‘zbekistonning madaniy boyliklari bilan tanishtirildi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrga qadar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ko‘plab xalqaro delegatsiyalar, jumladan Tunis Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili, Parijdagi elchisi, tajribali diplomat janob Dhia Khaled ham faol ishtirok etmoqda. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov elchi janoblarini samimiy kutib oldi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir doirasida janob Dhia Khaled Samarqandning tarixiy me’moriy yodgorliklarini ziyorat qildi. Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi va boshqa obidalar bilan tanishgan elchi O‘zbekistonning betakror madaniy merosi, xalqimizning nozik didi va mehmondo‘stligidan chuqur hayratda qolganini ta’kidladi. U mazkur ziyorat nafaqat boy tarix bilan tanishish, balki xalqimiz…

Continue ReadingYUNESKO delegati O‘zbekistonning madaniy boyliklari bilan tanishtirildi

Future Builders Contest — NATIJALAR!

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligi yo‘nalishidagi talabalar o‘rtasida “Future Builders Contest” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida 50 dan ortiq ishtirokchi kichik jamoalarga bo‘linib, tayoqchalar yordamida ko‘priklar va minoralarni loyihalashtirdi hamda yig‘di. Bu jarayon talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Yakuniy bosqichda zilzilaga bardoshlilik hamda yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha o'tkazilgan maxsus sinovlar natijasiga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi: “Minora” yo‘nalishi g‘oliblari (zilzilaga bardoshlilik — 9 ball):ArcheTeamB-12 “Ko‘prik” yo‘nalishi g‘oliblari (yuk ko‘tarish — 150 kg):UnionGolden GateGolden Ratio Barcha ishtirokchilarni chin qalbdan tabriklaymiz! Sizning muhandislik salohiyatingiz, izlanuvchanligingiz va ijodingiz…

Continue ReadingFuture Builders Contest — NATIJALAR!

TALABALAR O‘RTASIDA QO‘SHIQ KUYLASH TANLOVI

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarining talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tanlov talaba-yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, sahnadagi iste’dod va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, jahon va milliy musiqa madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Tanlov yo‘nalishlari: Jahon estrada qo‘shiqlaridan bir namuna O‘zbek estrada yoki mumtoz qo‘shiqlardan bir namuna Hakamlar hay’ati: Xalqaro festivallar g‘olibi, “Do‘stlik” va “Jamoat fidoiysi” medallari sohibi, xonanda Doniyor Goipov O‘zbekiston Respublikasi Filarmoniyasi bastakori Farhod Abdullayev Quyidagi mezonlar bo'yicha ishtirokchilar baholanadi:ohangning musiqiyligi va oʻziga xosligi;ijrodagi muallifning individualligi;asarlarning badiiy qiymati va oʻziga xosligi;ijro mahorati, darajasi;tovush balansining mavjudligi;artistlik,…

Continue ReadingTALABALAR O‘RTASIDA QO‘SHIQ KUYLASH TANLOVI

TTPUda “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining Universitet bosqichi davom etmoqda

  • Post category:E'lonlar

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o‘tkaziladi:“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” “Yilning eng faol sportchi talabasi” “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha) “Yilning eng faol ijodkor talabasi” “Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun) Tanlovda kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari qatnashishi mumkin. Bu yilgi tanlovda oldingi mavsumlarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar ishtirok eta olmaydi. Tanlovning universitet bosqichi 10-noyabrga qadar o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchun nizomda (https://turin.uz/wp-content/uploads/2025/10/Yilning-eng-faol-talabasi-tanlovi-NIZOMI.pdf) ko'rsatilgan hujjatlar to'plamini ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga…

Continue ReadingTTPUda “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining Universitet bosqichi davom etmoqda

Energiyani tejovchi tizimlarni adaptiv optimallashtirish bo‘yicha ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston madaniy meros obyektlarini konstruktiv takomillashtirish orqali energiyani tejovchi adaptiv optimallashtirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi. Ma’ruzachi: PhD talabasi Tatyana KimSana: 2025-yil 31-oktabrVaqt: 16:00Joy: TTPU, B1-xona Seminar davomida O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini energiya samaradorligi tamoyillari asosida modernizatsiya qilish masalalari, konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliy loyihalarda qo‘llashning ilmiy va muhandislik jihatlari muhokama qilinadi. Seminar barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, PhD tadqiqotchilar, magistrantlar hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchilar uchun ochiq! Ilm, madaniy meros va barqaror rivojlanish chorrahasida bo‘lishni istaysizmi? Unda seminarda ishtirok eting!

Continue ReadingEnergiyani tejovchi tizimlarni adaptiv optimallashtirish bo‘yicha ilmiy seminar

SHAHMAT TURNIRI YAKUNIGA YETDI!

  • Post category:Yangiliklar

Bugun universitetimizda 5 daqiqali Blitz shaxmat turniri bo’lib o’tdi! Shveytsariya tizimi bo’yicha o’tkazilgan turnirda talabalar o’zlarining tezkor fikrlash va strategik mahoratlarini namoyish etishdi. 1-o’rin: Hasan Abduhakimov – 9.0 ball2-o’rin: Mexroj Habibullayev – 7.5 ball3-o’rin: Doniyor – 7.0 ball Barcha ishtirokchilarga rahmat! Talabalar o’z qobiliyatlarini ajoyib tarzda ko’rsatishdi!

Continue ReadingSHAHMAT TURNIRI YAKUNIGA YETDI!

Tayinlov

  • Post category:E'lonlar

Abdullayev Farxod Baxramovich Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Abdullayev Talabalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i - Dekan lavozimida faoliyat yuritgan. Karimov Javlon Jo'raboy o‘g‘li Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Talabalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i - Dekan lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar J.Karimov Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Continue ReadingTayinlov

Joriy yilning 28-oktabr kuni Arxitektura va dizayn yo‘nalishi 1-bsqich talabalari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Tanlovning asosiy maqsadi — talabalarda halollik, adolat, vijdon va fuqarolik mas’uliyati kabi qadriyatlarni mustahkamlash, ularning ijodiy tafakkuri va badiiy didini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu tanlovda 30 dan ortiq talaba o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdi. Ularning ishlari mavzuning dolzarbligi, g‘oya yangiligi, badiiy ifodasi va ramziy yechimi jihatidan baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi:Karimova Diyora – “Eng yaxshi badiiy ishlanma”“Anti korrupsiya” jamoasi – “Eng yaxshi ramziy yechim”Jumanazarova Nargiza – “Eng yaxshi original g‘oya”Nosirjonova Sojida – “Eng yaxshi rangtasvir asari”Asadov Abdulaziz – “Eng yaxshi grafik ishlanma”Xodjayeva Kamola – “Eng yaxshi badiiy ishlanma”Baxtiyorova Zulayho – “Eng yaxshi…

Continue ReadingJoriy yilning 28-oktabr kuni Arxitektura va dizayn yo‘nalishi 1-bsqich talabalari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi

TTPU professor-o‘qituvchisi AQSHda malaka oshirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maksudjon Usmonov hozirda AQSHning Arizona State University (ASU) oliygohida Faculty Enrichment Program (FEP) doirasida o‘z malakasini oshirmoqda. Ushbu xalqaro dastur pedagogik va ilmiy salohiyatni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Dastur davomida Maksudjon Usmonov ASUdagi ilg‘or dars jarayonlarini kuzatmoqda, zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, Melikian markazi tadqiqotchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda hamda ichki o‘rnatilgan tizimlar (embedded systems) yo‘nalishida tadqiqot loyihasi ustida ishlamoqda. O‘zbekiston hamda AQSH o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu Faculty Enrichment Program dasturi AQSH Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.

Continue ReadingTTPU professor-o‘qituvchisi AQSHda malaka oshirmoqda