Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning Turin shahridagi Politecnico di Torino universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi yangilandi
2021 yil 19-23 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Politecnico Di Torino (Italiya) ga rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiya Polito universiteti rektori, professor Guido Saracco bilan uchrashuv o’tkazdi. Tashrif davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalari va istiqbolga mo'ljallangan uzoq muddatli rejalarni muhokama qildilar. TTPU va POLITO o'rtasida 2021-2026 yillarda akademik hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 2022/2023 o'quv yilidan boshlab "Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasining professional dasturini boshlashga kelishib olindi. Ushbu dasturda talabalar uch yillik ta'limdan so'ng darhol ish joyida ishlatilishi mumkin bo'lgan kasbiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Ushbu bakalavriat dasturi 50 nafargacha talaba uchun mo'ljallangan, bajarish orqali…