You are currently viewing Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi

Ma’lumki, joriy yilning 3-4-oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi Qirgʻiz-Oʻzbek universitetida “Oliy taʼlim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi tashkil etildi.
Forumda ikki davlat oliygohlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari va boshqa yirik taʼlim tashkilotlari vakillari qatnashdi. Delegatsiya tarkibida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori, Jamshid Inoyatxodjayev ham qatnashib, bir qator Qirg‘iz universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi, hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.
Forum doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘sh texnologiya universiteti, I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universiteti, Ala-Too xalqaro universiteti, ADAM universiteti bilan keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama qilindi va qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, O‘sh texnologiya universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida bakalavr bosqichidagi Arxitektura va dizayn yo‘nalishi talabalari uchun qo‘shma “2+2” dasturini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.