Joriy yilning 12-13-noyabr kuni “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (05.09.01)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (05.01.08)”, “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (05.01.07)”, “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish (05.08.06)” va “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (01.01.05)” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihon natijalariga ko‘ra, saralab olingan munosib nomzodlarni tabriklaymiz va ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!