Joriy yilning 18-oktabr kuni Turkiya Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.
Universitet vakillari mehmonlar uchun universitet bo’ylab tur uyushtirib, TTPU faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shu jumladan, talabalar ishlanmalarini ko’rsatish va o’quv dars jarayonlari bilan tanishtirish mobaynida mehmonlar talabalar bilan suhbatlashib, Universitet salohiyati yuqoriligini, o’zbek iqtidorli yoshlarining soni ortib borayotganini ta’kidladi va ularni 19-oktabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida bo’lib o’tadigan “Talent for BIZ” mehnat yarmarkasiga taklif etdi.