You are currently viewing TTPU va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o’rtasidagi hamkolik mustahkamlanmoqda

TTPU va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o’rtasidagi hamkolik mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.To’ychiyev va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining Toshkent shahar bo‘limi Bosh kotibi A.Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda o‘smirlar va yoshlar o’rtasida velosportni rivojlantirish, sport sohasida ta’lim sifatini ko’tarish, sport fanlari, sport infratuzilmasini rivojlantirish, qo‘shma sport tadbirlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinib, ushbu yo’nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha o’zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.