Joriy yilning 11-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-fahriy va nogironlar birlashmasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.






Unda tomonlar yoshlarni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda ijtimoiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ushbu yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.