Talab va takliflarga binoan,Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida abituriyentlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Omadli Talaba” sovrinli o‘yinining navbatdagi soni 2025-yil 15-avgust sanasiga ko‘chirildi.
📌 Eslatma: Universitetda belgilangan qoidalarga muvofiq, abituriyent qabul davrida bir nechta vaucher yutgan taqdirda faqat eng katta chegirmaga ega vaucher amal qiladi. Bu barcha uchun teng imkoniyatni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.