You are currently viewing 2- va 3-bosqich TTPU talabalari diqqatiga!

2- va 3-bosqich TTPU talabalari diqqatiga!

“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar doriasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan 2 va 3-bosqich talabalari uchun “Introduction to Motor vehicles and CAD for Engineers” mavzusida yozgi muhandislik treningi tashkil etilmoqda.

💠Ushbu trening amaliy mashg‘ulotlar orqali sizning texnik ko‘nikmalaringizni rivojlantirish, avtomobilsozlik sohasida muhandislik bilimlaringizni kengaytirish hamda kompyuter yordamida loyihalash asoslarini o‘rganish imkonini beradi.

Trening davomida quyidagilarni kutishingiz mumkin:
✅ Avtomobil mexanizmlarining ishlash prinsiplari bilan tanishish
✅ Muhandislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirish
✅ Kompyuter yordamida loyihalash (CAD) dasturlarini noldan boshlab o‘rganish

👨‍🏫 Mentor: Sharipov A.K.
📧 Email: a.sharipov@polito.uz
📞 Tel: +998 99 903 79 11

📍 Trening oflayn shaklda bo‘lib o‘tadi. Uni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 8-avgustgacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi