




Ayni paytda 19 ta mamlakatdan saralab olingan 150 nafar iqtidorli yoshlar Xitoyning Dongguan shahrida Huawei kompaniyasining flagman loyihasi — Seeds for the Future ta’lim dasturida ishtirok etmoqda.
Ular orasida O‘zbekistondan jo‘nab ketgan 10 nafar talabaning biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 4-bosqich talabasi Dosmuxhamedova Faxriya o‘z texnik bilimlarini global sahnada sinab ko‘rmoqda va TTPU nomini xalqaro miqyosda munosib namoyon etmoqda.
Dastur davomida yoshlar sun’iy intellekt, 5G va bulutli hisoblash texnologiyalari bo‘yicha intensiv treninglarda ishtirok etish, xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar o’tkazish, shuningdek, turli madaniyat vakillari bilan bilimlar va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.