You are currently viewing TTPU va “Shandong Education Holding Shanda Xueshi” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

TTPU va “Shandong Education Holding Shanda Xueshi” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 10-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Education Holding Shanda Xueshi” kompaniyasi Boshqaruv kengashi raisi Jin Benjyun boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar uchun TTPU boʻylab tur tashkil etilib, unda o‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, TTPUda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion loyihalar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan o‘quv jarayoni bilan tanishtirildi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘rtasida xalqaro ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari, startap tashabbuslari, talabalarning amaliyoti va stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar ushbu tashabbus O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, yoshlarning xalqaro tajribasini kengaytirish hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.