








2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligi yo‘nalishidagi talabalar o‘rtasida “Future Builders Contest” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida 50 dan ortiq ishtirokchi kichik jamoalarga bo‘linib, tayoqchalar yordamida ko‘priklar va minoralarni loyihalashtirdi hamda yig‘di. Bu jarayon talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.
Yakuniy bosqichda zilzilaga bardoshlilik hamda yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha o’tkazilgan maxsus sinovlar natijasiga ko’ra quyidagi jamoalar g’oliblikni qo’lga kiritdi:
“Minora” yo‘nalishi g‘oliblari (zilzilaga bardoshlilik — 9 ball):
ArcheTeam
B-12
“Ko‘prik” yo‘nalishi g‘oliblari (yuk ko‘tarish — 150 kg):
Union
Golden Gate
Golden Ratio
Barcha ishtirokchilarni chin qalbdan tabriklaymiz! Sizning muhandislik salohiyatingiz, izlanuvchanligingiz va ijodingiz TTPUdagi nazariya va amaliyot uyg‘unligining yorqin isbotidir.