You are currently viewing TTPU professor-o’qituvchisi “EVRIKA–2025” tanlovi doirasida taqdirlandi!

TTPU professor-o’qituvchisi “EVRIKA–2025” tanlovi doirasida taqdirlandi!

2025-yil 12-noyabr kuni “Renessans” kino uyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘ibot markazi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida yosh olimlar uchun nufuzli “EVRIKA–2025” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “Ilm va ijod bayrami” shiori ostida tashkil etilib, respublikaning turli hududlaridan kelgan 500 dan ortiq ilmiy izlanuvchilar, akademiklar va ilm-fan jamoatchiligi vakillarini birlashtirdi.

Tanlov 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilib, yakuniy bosqichga yetib kelgan ishtirokchilardan 20 nafar iste’dodli yosh olim va tadqiqotchilar g’olib deb topildi. Xususan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi dotsenti, PhD A.Sharipov “Texnika va IT texnologiyalar olami” yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Tadbir yakunida g’oliblar diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq Universitetimiz ilmiy salohiyati va professor-o‘qituvchilarning fidokorona mehnatlari natijasidir.