








Joriy yilning 13–14-noyabr kunlari Erasmus+ I2-PLEDGE (“Innovative and Interdisciplinary Programmes in Bio-medical Engineering to Leverage and Exploit the Digital Growth programme for students’ Employability in Uzbekistan”) loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
TTPU hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida o’tkazilayotgan mazkur tadbirning dastlabki kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo’lib o’tdi. Anjumanda Yevropa Ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gretsiya, Italiya, Germaniya va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etmoqda.
Tadbirni TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarni qutladi va I2-PLEDGE loyihasining O‘zbekistonda biotibbiyot muhandislik sohasini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Konferensiya davomida ekspertlar tomonidan loyihaning amalga oshirilgan natijalari, o‘quv dasturlarining modernizatsiyasi, biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv yo‘nalishlarining joriy etilishi, hamkor universitetlar o‘rtasida tajriba almashinuvi, kelgusidagi barqaror hamkorlik yo‘nalishlari mazmunida taqdimot va muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.