You are currently viewing TTPU, Kempten Amaliy Fanlar Universiteti va KIUT o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

TTPU, Kempten Amaliy Fanlar Universiteti va KIUT o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

2025-yil Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Germaniya–O‘zbekiston Rektorlar Forumi doirasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To’ychiyev, Germaniyaning Kempten Amaliy fanlar universiteti professori Arthur Kolb hamda Toshkent shahridagi Kimyo texnologiyalari universiteti (KIUT) prorektori Jamshid Kaniyev o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum rasmiy imzolandi.

Imzolangan memorandum quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv dasturlari;
  • yozgi maktablarni birgalikda tashkil etish;
  • ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarda hamkorlik;
  • universitet–sanoat integratsiyasini rivojlantirish.

Ushbu kelishuv universitetlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlaydi hamda Germaniya–O‘zbekiston ta’lim va ilmiy aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.