




Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, vazirlik vakillari hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To’ychiyev Anhalt amaliy fanlar universiteti kampusiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida delegatsiya universitetning laboratoriyalari, ilmiy markazlari va o‘quv auditoriyalari bilan tanishdi va professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashdi, hamda ikki tomonlama akademik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.