Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Aviatsiya muhandisligi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdaliyev Komronbek Begali o‘g‘li “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida o‘z ishlanmasini muvaffaqiyatli taqdim etdi.
🛩 Komronbekning samolyot simulyatori erkinlik darajalariga ega harakatlanuvchi tizim bilan jihozlangan bo‘lib, real parvoz dinamikasini aks ettirishga mo‘ljallangan. Loyiha aviatsiya sohasida zamonaviy muhandislik yechimlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
💡Mazkur ishlanma TTPU talabalari tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalardan biri bo‘lib, yosh muhandislarning texnik bilimlari va amaliy salohiyatini namoyon etadi.