You are currently viewing TEST JAVOBLARI MAY 22

TEST JAVOBLARI MAY 22

Hurmatli Abiturientlar,

2020-2021 o’quv yili uchun qabul

 

wpDataTable with provided ID not found!

 

 

Ushbu rasmiy xabarga diqqat bilan e’tibor berishingizni iltimos qilamiz!

22-may kuni bo’lib o’tgan kirish imtihonining natijalariga ko’ra, natijalar 4 toifaga bo’lindi:

1 toifa:

0.00 ballga teng va undan kam ballni qo’lga kiritgan Abiturientlar Tayyorlov yili (Birinchi Kurs)dan o’qishga qabul qilinadilar. Ushbu Abiturientlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun (faqat birinchi yil) to’lov pul miqdori 42 750 000 (qirq ikki million yetti yuz ellik ming) so’mni tashkil etadi. Ushbu toifaga kiruvchi abiturientlar o’quv yili ohiriga qadar IELTS (minimum 5.5 ball) olib kelishlari shart. Ushbu toifada qabul soni 20 taga cheklangan.

2 toifa:

0.00 dan (0.00 kirmaydi) 35.0 gacha ball to’plaganlar abiturientlar, IELTS sertifikati mavjudligidan qat’iy nazar, Tayyorgarlik yiliga (= Birinchi kurs) qabul qilinadilar. Ushbu Abiturientlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun to’lov pul miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi. Ushbu toifadagi abiturientlar o’quv yili ohiriga qadar IELTS sertifikatini (minimum 5.5 ball) olib kelishlari shart.

3 toifa:

35.00 dan yuqori ball to’plaganlar (35.00 jumladan) va IELTS sertifikati(minimum 5.5) bo’lmagan abiturientlar to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi kursga qabul qilinadi (tayyorgarlik yilini o’tkazib yuborishadi), ular 2020 yil oxiriga qadar (ya’ni dekabrgacha)* IELTS ingliz tili sertifikatini (kamida 5.5) taqdim etishlari shart ekanligini inobatga olgan holda. Ushbu Abiturientlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun to’lov pul miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi.

*Agar abituriyent o’z vaqtida IELTS sertifikatini taqdim etmasa, u avtomatik ravishda Tayyorlov yiliga o’tadi.

4 toifa:

35.00 dan yuqori ball to’plaganlar (35.00 jumladan) va IELTS sertifikati(minimum 5.5) bo’lgan abiturientlar to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi kursga qabul qilinadi (tayyorgarlik yilini o’tkazib yuborishadi). Ushbu Abiturientlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun to’lov pul miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi.

Abiturientlar uchun noyob imkoniyat:

1-iyulgacha shartnomaning to’liq miqdorini bir martada to’lagan abiturientlarga kontrakt miqdorining 10% miqdorida chegirma beriladi. Bu imkoniyat barcha toifalarga tegishli.

Yana bir narsa…

3 va 4 toifadagi abiturientlar, universitet bilan shartnoma tuzgandan so’ng, universitet va hamkorlari tomonidan ajratilhan GRANTlar (ushbu o’quv yili uchun), kontrakt summasining 25% dan 100% miqdorigacha qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Grantlar barcha abiturientlar uchun suxbat asosida kirish imtihoni tugagandan so’ng tanlanadi. Talaba grantlari har yili, talabalarning o’qish jarayonida erishgan yutuqlariga qarab ko’rib chiqiladi.

 

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida (Kichik Xalka Yuli ko’chasi, 17, Toshkent shahri, 100095, O’zbekiston) 2020 yil 25 may soat 14:00 dan boshlab amalga oshiriladi. COVID-19 pandemiyasi tufayli, shartnomalar elektron shaklda elektron pochta orqali ham chiqariladi.

Qabul komissiyasining ishi bo’yicha mas’ul shaxslar:

Rektor – Salomov Uktam Raximovich

Birinchi prorektor – Inoyatkhodjaev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullaev Farhod Baxromovich

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu ro’yxatdagilardan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar ro’yxati:

Abituriyentning PASPORTining asl nusxasi;

Abituriyentning ota-onasining passport nusxalari.

Har qanday savol uchun +99871 246-80-52 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

E-mail manzil: admission@new.polito.uz